«Barsa» Flik bo'yicha yangilikni e'lon qilishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

«Barselona» bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qilish arafasida turibdi.
Mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan, biroq avvalroq bir necha bor xabar berilganidek, u yana bir yilga uzaytiriladi. Diario Sport nashrining ma'lumotiga ko'ra, klub allaqachon germaniyalik mutaxassis bilan kelishuv tuzilgani haqida rasmiy bayonot tayyorlamoqda – barchasi yaqin haftalar ichida tasdiqlanadi.
Flik 2024 yilning yozidan buyon «ko'k-anorranglilar»ni boshqarib kelmoqda. Jamoa ketma-ket ikkinchi bor La Liga chempionligini qo'lga kiritishga yaqin turibdi. Shuningdek, amaldagi murabbiy qo'l ostida kataloniyaliklar Ispaniya Kubogida zafar quchishgan va ikki bor Superkubok g'olibiga aylanishgan.

Bosh sahifaga
356