«Bunga ishonish qiyin edi»: Mourino Italiyaning JChdan quruq qolgani haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino bir oy muqaddam Bosniyaning Zenitsa shahrida yuz bergan voqea — italiyaliklarning jahon chempionatiga qaytish orzulari Bosniya va Hertsegovina terma jamoasi tomonidan shafqatsizlarcha chippakka chiqarilgani haqida gapirib o'tdi. Mourinoning so'zlariga ko'ra, u bunga ishona olmagan.
«Men o'yinni Ruy Koshta bilan birga tomosha qildim va ikkalamiz ham ko'zlarimizga ishona olmadik — qanday qilib bunday bo'lishi mumkin? Lekin aynan shu voqea sodir bo'ldi», — deya portugaliyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it sayti.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourino ilgari Italiya futbolida Milanning «Inter» va «Roma» kabi klublarida faoliyat yuritgan. Hozirda u Lissabonning «Benfika» jamoasini boshqarmoqda.

Bosh sahifaga
367