«Al-Ahli» himoyachisi: «Hakamlar har mavsum «An-Nasr»ga yordam beradi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

«Al-Ahli» himoyachisi Merih Demiral Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «An-Nasr»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) hakamlik haqida ochiqchasiga gapirdi.
Jorje Jezush jamoasi Krishtianu Ronaldu va Kingsli Komanning mos ravishda 76 va 90-daqiqalarda urgan gollari evaziga g'alaba qozondi.
«To'g'risini aytsam, aql bovar qilmaydigan hakamlik. Shunchaki oyog'imga qarang! Barcha qarorlar «An-Nasr» foydasiga. Ularga har mavsum yordam berishadi. Bu shunchaki dahshat. Biz — «Al-Ahli»miz va hech qanday chetdan yordamsiz, doimo sovrinlar uchun kurashishimiz bilan faxrlanamiz», — deya jurnalist Fabritsio Romano Demiralning intervyusidan iqtibos keltiradi.
«An-Nasr» 79 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Al-Ahli» esa 66 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
367