Diego Simeone «Arsenal» foydasiga belgilangan penaltidan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 233

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Arsenal»ga qarshi o'yinda o'z jamoasi darvozasiga belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.
«Kanonirlar» 44-daqiqada hisobni ochishdi – Viktor Dyokeresh o'n bir metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. 56-daqiqada esa «matraschilar» penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi va Xulian Alvares ham adashmadi.
«Chempionlar ligasi yarim finalida penalti belgilash uchun bu shubhasiz penalti ekanligiga to'liq ishonching komil bo'lishi kerak. Gantsko va Dyokeresh to'qnashuvidagi kontakt menga juda kamdek tuyuldi va bu vaziyatda penalti yo'q edi, degan taassurot qoldi», – deya Simeonening so'zlarini keltiradi The Touchline.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Javob o'yini 5 may kuni Londonda bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
366