Flik «Barselona» akademiyasidan yangi yulduzni topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Markaziy himoyachi Alvaro Kortes yangi mavsumdan boshlab «Barselona»ning asosiy jamoasida to'p suradi.
«Ko'k-anorranglilar» dubli sardori bosh murabbiy Xans-Diter Flikda katta taassurot qoldirdi. Jurnalist Jaume Mersening xabar berishicha, 21 yoshli futbolchiga tez orada asosiy tarkibga o'tkazilishi haqida allaqachon ma'lum qilingan. Agar yozda kutilmagan holatlar yuz bermasa, yosh ispaniyalik futbolchi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Alvaro Kortes joriy mavsumda «Barselona B» safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Chap oyoqda harakat qiluvchi markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
358