Arteta «Atletiko»ga qarshi o'yindagi hakamlikni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi yarim finali birinchi uchrashuvida «Atletiko»ga qarshi o'yindan (1:1) so'ng hakam ishidan norozi ekanini bildirdi.
O'yin davomida hakam ikkinchi bo'limda «Atletiko» darvozasiga belgilangan penaltini bekor qilgan edi.
«Men futbolchilar bilan gaplashdim va bekor qilingan penalti epizodini tushunishga harakat qildim. Bu qoidalarga zid va men bunga tushunmayapman. Men juda xafaman.
Kontakt ochiq-oydin edi, hakam qaror qabul qildi va uni 13 marta qayta ko'rib chiqish orqali bekor qilish mumkin emas. Bu noto'g'ri qaror bo'ldi va u o'yin natijasiga ta'sir qildi», — dedi Arteta.
Jamoalar o'rtasidagi javob yarim final uchrashuvi 5 may kuni Londondagi «Emireyts» stadionida bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
333