Saudiya Pro-ligasi. Ronaldu goli «An-Nasr»ga Elit OChLning amaldagi g'olibi ustidan g'alaba keltirdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi 30-turi doirasida «An-Nasr» — «Al-Ahli» uchrashuvi yakunlandi. Ar-Riyoddagi «Al-Avval Park» stadionida bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
76-daqiqada Krishtianu Ronaldu Joau Feliks uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. Portugaliyalik futbolchi uchun mazkur gol professional faoliyatidagi 970-goli bo'ldi.
Bahsning 90-daqiqasida esa Kingsli Koman ikkinchi golni urib, yakuniy natijani o'rnatdi.
Ayni paytda «An-Nasr» 30 ta o'yindan so'ng 79 ochko jamg'arib, chempionat turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan «Al-Hilol» (bir o'yini zaxirada) bilan farq 8 ochkoni tashkil etmoqda. «Al-Ahli» esa 66 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.
Ma'lumot o'rnida. "Al-Ahli" klubi 25 aprel kuni Elit OChL finalida Yaponiyaning "Matida Zelviya" klubini mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylangan edi.
Saudiya Arabistoni — Pro-liga, 30-tur
29 aprel 2026 yil, chorshanba. 21:00
«An-Nasr» — «Al-Ahli» 2:0
Gollar: Ronaldu 76 (1:0), Koman 90 (2:0).

Bosh sahifaga
312