Abduqodir Husanov dunyoning eng kuchli U-21 vunderkidlari top-10 taligidan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 233

FMInside nashri tomonidan tuzilgan 21 yoshgacha bo'lgan eng kuchli vunderkidlar reytingida O'zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov 10-o'ringa joylashtirildi.
Reytingda Husanovning umumiy reytingi 75, potentsiali esa 87 deb baholangan. Shuningdek, uning transfer qiymati 63 million evrodan 119 million evrogacha deb ko'rsatilgan.
Ro'yxatda birinchi o'rinni Lamin Yamal egallagan bo'lib, “Barselona” yulduzining potentsiali 97 deb baholangan. Keyingi o'rinlardan Joau Nevesh, Dezire Due, Kenan Yildiz va Gavi kabi yosh yulduzlar joy olgan.
Shu tariqa, Abduqodir Husanov dunyo futbolidagi eng kuchli 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida top-10likka kirdi va undan yuqorida faqat to'qqiz nafar futbolchi qayd etildi.


Bosh sahifaga
326