«Tottenxem» Vikario o'rniga nomzod topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

«Tottenxem» klubi «Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Janluiji Donnarummaning o'rinbosari roliga rozi bo'lmayotgan Trafford klubni tark etish haqida jiddiy o'ylamoqda. «Tottenxem» esa ushbu futbolchiga o'z taklifini berishga tayyor. Kutilishicha, «shporlar» joriy mavsum yakunida o'zlarining asosiy posboni Gulelmo Vikario bilan xayrlashishadi.
Shuningdek, 23 yoshli ingliz darvozaboniga «Nyukasl» va «Aston Villa» jamoalari tomonidan ham qiziqishlar bildirilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218