Alvares «Atletiko» afsonasining rekordini yo'qqa chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413

Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi safar o'yinida «Barselona» darvozasini ishg'ol qildi.
Argentinalik futbolchi bahsning 45-daqiqasida hisobni ochdi.
Squawka nashrining xabar berishicha, «matraschilar»ning 26 yoshli a'zosi uchun ushbu gol joriy Chempionlar ligasi mavsumidagi to'qqizinchisi bo'ldi va bu klubning bir mavsumdagi sermahsullik bo'yicha yangi rekordidir. Hujumchi 2013/14 yilgi mavsumda sakkiz bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan avvalgi rekordchi Diego Kostaning ko'rsatkichidan o'zib ketdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225