«Milan» va «Manchester Yunayted» Polshada o'zaro to'qnash kelishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

Italiyaning «Milan» klubi allaqachon o'zining yozgi rejalarini tuzib chiqmoqda — The Athletic nashrining aniqlik kiritishicha, yozda klub «Manchester Yunayted»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs Polsha zaminida bo'lib o'tadi, o'yin sanasi ham ma'lum — 15 avgust, ya'ni Angliya va Italiya milliy chempionatlari boshlanishi arafasida.
Shuningdek, italiyaliklar yoz uchun Avstraliya bo'ylab turne ham rejalashtirishgan — ularda ushbu olis mamlakatga nisbatan o'zgacha ishtiyoq borligini o'tgan fevral oyida Italiya chempionatining bir uchrashuvini o'sha erda o'tkazishga bo'lgan urinishlardan ham bilish mumkin.
Eslatib o'tamiz, hozirda «Milan» Massimiliano Allegri qo'l ostida Italiya A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
218