Kovach Chempionlar ligasi pley-off bosqichi oldidan «Borussiya»dagi yo'qotishlar haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach «Atalanta»ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/16 final dastlabki uchrashuvi oldidan jamoa tarkibidagi yo'qotishlar haqida ma'lumot berdi.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, asosiy tarkibning bir yo'la to'rt nafar futbolchisi maydonga tusha olmaydi va ularning barchasi himoya chizig'i vakillaridir.
«Hozirda bizda birdaniga to'rt nafar markaziy himoyachi jarohat olgan. Biz Niko Shlotterbek bilan tavakkal qilishni istamaymiz, shu sabab uning nomzodini hatto ko'rib chiqmayapmiz», — deya Kovachning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Ehtimoliy taktik o'zgarishlar sifatida u Yulian Ryuersonni markaziy himoyaga o'tkazish mumkinligini ta'kidladi, chunki ushbu futbolchi mazkur pozitsiyada o'ynash tajribasiga ega.

Bosh sahifaga
161