Rasman. Aziz Turg'unboev "Andijon" bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Qishki selektsiya ishlarini faol olib borayotgan "Andijon" bu borada hali to'xtagani yo'q.
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi va bungacha "Paxtakor" safida to'p tepgan hujumkor yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev "Mavsum-2026"da "Andijon" sharafini himoya qiladi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishdi va mehnat shartnomasi imzolandi.
Ma'lumot uchun, Azizbek Turg'unboev 1994 yilning 1 oktyabr sanasida Namanganda tavallud topgan. U faoliyati davomida "Navbahor" "Paxtakor" va shu bilan birga Turkiya chempionatida "Sivaspor" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Turg'unboev faoliyati davomida hozirgacha 275 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va 20 ta assistni bajargan.
2018 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda va bunga qadar 43 ta o'yinda ishtirok etgan va 6 ta gol muallifiga aylangan.
Aziz Tug'unboev 3 karra O'zbekiston chempioni, 2 karra O'zbekiston Superkubogi sohibi, 1 marta O'zbekiston Kubogi sohibi va 1 marta milliy terma jamoamiz bilan "CAFA" musobaqasi g'olibligini qo'lga kiritgan.
Manba: "Andijon" klubi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
157