Kloppning agenti: «Takliflarning keti uzilmayapti»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske germaniyalik murabbiyning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan variantlar haqida to'xtalib o'tdi. «Liverpul»ning sobiq menejeri 2023-24 yilgi mavsum yakunida iste'foga chiqqan edi va hozirda Red Bull kompaniyasining futbol bo'limi global rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.
«Red Bull’ga o'tishdan oldin Yurgen AQSh yoki Angliya terma jamoalarini boshqarishi mumkin edi. Agar Yulian Nagelsmann bo'lmaganida, balki Germaniya termasini ham. Yurgen boshqa ingliz klubini boshqarmasligini aniq aytganiga qaramay, «Chelsi» va «Manchester Yunayted»dan takliflar bo'ldi. Bunday so'rovlar to'xtagani yo'q», — dedi Kositske Transfermarkt portaliga bergan intervyusida.
Klopp 2015 yilning oktyabridan 2024 yilning mayigacha «Liverpul»ni boshqardi. Uning qo'l ostida «qizillar» uzoq tanaffusdan so'ng Angliya chempioni bo'lishdi, uch bor UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqib, bir marta bosh sovrinni qo'lga kiritishdi

Bosh sahifaga
161