«Arsenal» «Real» himoyachisini xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14356

«Arsenal» «Real» himoyachisi Viktor Valdepenyasni sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, futbolchi London klubining asosiy nomzodlari ro'yxatidan joy olgan. Mikel Arteta yozgi transfer oynasida jamoa mudofaa chizig'ini yanada kuchaytirishga intilmoqda.
Shunday bo'lsa-da, «kanonirlar» chap qanot va markaziy himoya pozitsiyalarida o'ynay oladigan 19 yoshli futbolchi uchun kurashda raqobatga duch kelishlari mumkin, chunki unga Evropaning bir qator boshqa etakchi klublari ham qiziqish bildirmoqda. «Milan» anchadan beri uni qo'lga kiritishni istaydi, shuningdek, Ispaniya yoshlar terma jamoasi a'zosi Germaniya Bundesligasi klublari e'tiborini ham tortgan. Yaqinda Viktor Valdepenyas «Real»ning asosiy tarkibida debyut qildi.

Bosh sahifaga
153