Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o'yindayoq Saloh APL rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7943

"Liverpul" forvardi Muhammad Saloh APLning 16-turidan o'rin olgan "Brayton"ga qarshi o'yinda bir klub safida eng ko'p gollarda ishtirok etish bo'yicha Angliya Premer-ligasi rekordini o'rnatdi. Misrlik futbolchi 26-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, 60-daqiqada esa hujumchi Ugo Ekitikening goliga assistentlik qildi.
Shu tariqa Saloh "Liverpul" safida APLdagi golli harakatlari sonini 277taga etkazdi (188 gol, 89 assist). Bungacha rekord "Manchester Yunayted" sobiq forvardi Ueyn Runiga tegishli bo'lib, "qizil iblislar" safida 183 ta gol va 93 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
"Brayton"ga qarshi o'yin Saloh uchun bosh murabbiy Arne Slot bilan ziddiyatdan keyin safga qaytganidan keyingi birinchi o'yin bo'ldi. Jamoadagi roli tanqid qilinganidan so'ng, Saloh asosiy tarkibdan chetlatildi va UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yinda (1:0) qaydnomaga kiritilmadi.

Bosh sahifaga
231