Ekitike APLda ketma-ket ikkinchi o'yinda dubl qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

Angliya Premer-ligasining 16-turidan o'rin olgan "Liverpul" - "Brayton" uchrashuvi davom etmoqda. 60-daqiqada hujumchi Ugo Ekitike "chaykalar" darvozasini ishg'ol qildi va hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib, dublni rasmiylashtirdi.
Qayd etish joiz, bu Ekitike uchun Premer-liga doirasidagi ketma-ket ikkinchi dubl hisoblanadi. O'tgan turda frantsuz "Lids" darvozasiga ikki bor yo'l topgan edi. O'sha oqshom mersisaydliklar g'alaba qozona olishmadi - o'yin 3:3 hisobida yakunlandi.
Endilikda Ugo Ekitikening hisobida "Liverpul" safida 23 ta o'yinda kiritgan 10 ta goli bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243