Trampdan tashqari Kanada bosh vaziri va Meksika prezidenti ham JCh-2026 qur'asida qatnashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 487

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati rasmiy saytida AQSh prezidenti Donald Tramp, Kanada bosh vaziri Mark Karni va Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum 5 dekabr kuni Jon Kennedi nomidagi san'at markazida bo'lib o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichi qur'asida ishtirok etishini tasdiqlaganini ma'lum qildi.
Mazkur qur'ada har birida 4 tadan terma jamoa ishtirok etadigan 12 ta guruh tarkiblari ma'lum bo'ladi. U Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor o'tkaziladi va unda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170