OFK kubogi. «Nasaf»ning finaldagi raqibi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114
OFK kubogi musobaqasining yarim final bosqichidan o'rin olgan ikkinchi o'yin ham yakuniga etdi. Bahraynning "Muharraq" klubi o'z uyida Kuvaytning "Kuvayt" SK jamoasini qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsning 20-daqiqasida Mahmud al-Mardiy hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Flavio Karioka mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ushbu hisob o'yinda boshqa o'zgarmadi.
Shu tariqa, "Muharraq" final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa finalda "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqadi. Final uchrashuvi 5 noyabr kuni Bahrayndagi "Al-Muharraq" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!