«Barselona» va «Yuventus»ning nigoh bir futbolchiga qaratilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100
«Ayaks»ning 19 yoshli yarim himoyachisi Rayan Gravenberx Evropaning ikkita eng yaxshi klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, yosh gollandiyalikni Kataloniyaning «Barselona» va Turinning «Yuventus» klublari xarid qilmoqchi. Mazkur jamoalar allaqachon skautlarini yarimhimoyachining o'yinlarini tomosha qilish uchun yuborishgan.
Rayanning «qizil-oqlar» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha tuzilgan, biroq futbolchini keyingi yozda sotib olish mumkin.
Eslatib o'tamiz, Gravenberx Gollandiya terma jamoasining asosiy tarkibida 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!