Simeone nima uchun Kloppga qo'l berishdan qochganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng nima uchun raqib ustozi Yurgen Klopp bilan ko'rishishni istamaganini aytib o'tdi.
«Men uchrashuvlardan so'ng bosh murabbiylar bilan hech qachon qo'l berib so'rashmayman. Bu menga yoqmaydi. Bilaman, bu yaxshi ish emas. Bu haqda o'ylab ko'raman. Men bunday madaniyatga o'rganmaganman. Ammo kelasi safar Kloppni ko'rganimda u bilan qo'l berib so'rashaman», — dedi Simeone.
«Liverpul» va «Atletiko» o'rtasidagi takroriy uchrashuv 3 noyabr kuni Angliyada bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!