«Milan» Chempionlar ligasida klubning antirekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
«Milan», bosh murabbiy Stefano Pioli boshchiligida, joriy Chempionlar ligasida omadsiz ishtirok etmoqda. Italiya jamoasi uch turda uchta mag'lubiyatga uchradi.
OptaJoe'ning Twitterdagi akkauntida yozilishicha, «rossonerilar» Chempionlar Ligasini klub tarixida birinchi marta ketma-ket uchta mag'lubiyat bilan boshlagan.
Uch turdan keyin milanliklar guruh autsayderi hisoblanadi. «Rossonerilar» keyingi o'yinini o'z stadionida «Portu»ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 3 noyabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!