Klopp Salohga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 7-turidan o'rin "Manchester Siti"ga qarshi o'chrashuvdagi hujumchi Muhammad Salohning o'yiniga e'tibor berdi.
"Saloh - jahon darajasidagi futbolchi, u juda ko'p imkoniyatlardan samarali foydalanib jamoaga g'alaba keltirishi mumkin. Odamlar uning gollarini uzoq vaqt eslab qolishadi. Uning o'yinidan zavq olishimiz kerak" , - dedi Klopp.
"Liverpul" Angliya chempionati turnir jadvalida 15 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Keyingi turda "qizillar" 16-oktyabr kuni "Uotford"ga qarshi safarda o'yin o'tkazishadi.
29 yoshli misrlik futbolchi bu mavsumda chempionatda 7ta o'yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!