"Inter" futbolchisi jamoani tekinga tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Stefano Sensi joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Jurnalistning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etadi. Yarim himoyachi 2019 yildan beri "neradzurrilar" safida o'ynab kelmoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Stefano uchta o'yin o'tkazdi. 33-turdan keyin "Inter" 17 ochkolik farq bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!