"Nyukasl" skautlari "Chelsi" futbolchisini kuzatyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Nyukasl" yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirmoqchi. Jamoa skautlari "Chelsi"ning yaqinda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinida (4:3) London jamoasi yarim himoyachisi Konor Gallaxerni diqqat bilan kuzatgan.
Avvalroq, matbuot "Chelsi" 24 yoshli Gallaxerni kelayotgan yozda sotishga tayyorligi haqida yozgan edi. Londonliklar bu kelishuvdan yaxshi pul ishlashlari mumkin.
2023/2024 yilgi mavsumda Konor Gallaxer "Chelsi"ning 42 ta o'yinida qatnashgan. Yarim himoyachi beshta gol va sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!