"Napoli" Kontega qanday shartnoma taklif qilmoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Napoli" Antonio Konteni murabbiy sifatida taklif qilishi mumkin.
il Mattino xabariga ko'ra, "Napoli" murabbiyligiga nomzodlar orasida Antonio Konte, "Atalanta"dan Jan-Pero Gasperini va "Fiorentina"dan Vinchentso Italyano bor.
"Napoli" Konteni tayinlash ustida faol ishlamoqda, chunki ular Franchesko Kaltsona o'rniga taniqli murabbiy kelishini xohlashadi. Antonioga klub yiliga 8 million evrolik 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. "Yuventus", "Inter" va "Tottenxem"ning sobiq murabbiyiga bu taklif haqida o'ylash uchun vaqt kerak.
"Napoli"ning ro'yxatida yana joriy mavsumda "Atalanta"ni Evropa ligasi yarim finaliga olib chiqqan Gasperini ham bor.
Neapolliklar mavsum oxirida "Milan"dan ketishi mumkin bo'lgan Stefano Piolini ham taklif etish masalasini ko'rib chiqadi.
"Napoli" hozirda A Seriya turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda.