Kanselu: "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyat barchamiz uchun katta zarba bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng "El-klasiko"da muvaffaqiyatga umid qilmoqda.
“Blaugrana” chorak finalning javob o'yinida “PSJ”ga yutqazdi (1:4), kataloniyaliklar Parijda qo'lga kiritilgan ustunlikni saqlab qola olmadi (3:2). Yakshanba kuni Xavi Ernandes shogirdlari La Liga doirasida "Real"ga qarshi safarda maydonga tushadi.
"PSJ"dan uchralgan mag'lubiyat barchamiz uchun katta zarba bo'ldi, ammo biz o'zimizni birlashishimiz, ijobiy bo'lishimiz kerak. Yakshanba kuni "Real" ustidan qozonilgan g'alaba eng yaxshi reaktsiya bo'lardi", - deya Kanselu so'zlarini keltiradi Barca Times.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!