Nacho Evropada qolmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Nacho Fernandes Evropa futboli bilan xayrlashishi mumkin.
"Los-Blankos" sardori joriy mavsum yakunlanganidan so'ng klubni tark etadi - shartnoma o'z nihoyasiga etmoqda va futbolchining o'zi qarori bilan uzaytirilmaydi. Relevo xabariga ko'ra, Nacho "Real Madrid"ga qarshi o'ynashni istamaydi va ehtimol Evropa klublari takliflarini rad etadi. 34 yoshli ispaniyalik hozirda Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirayotganiga qaramay, MLS yoki Saudiya Arabistoniga o'tishga intilmoqda.
Nacho Fernandes butun faoliyati davomida "Real"da o'ynagan. Futbolchi Madrid grandi tarkibida jami 355 ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!