Mbappe qanday shaklda o'zining kelajagi haqida bayonot berishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe qanday formatda o'zining kelajagi borasida bayonot berishi ma'lum bo'ldi.
22 may, yakshanba kuni 23 yoshli futbolchi "PSJ"da qolishini yoki "Real"ga o'tishini e'lon qiladi. Frantsiyalik futbolchi "TF1" telekanalidagi "Telefoot" dasturi orqali mazkur bayonotni berishi kutilmoqda. Ushbu ko'rsatuv mahalliy vaqt bilan 11:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00)da boshlanadi.