Zinchenkoning "Arsenal"dagi kelajagi nima bo'ladi?

Londonning "Arsenal" klubi ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko bilan hamkorlikni yakunlamoqchi.
"Kanonirlar" rahbariyati futbolchini sotishdan o'n millionga yaqin daromad olishni istamoqda, ammo klubga birorta ham taklif tushmagan. Shu sababli Angliya vitse-chempioni futbolchini tekinga qo'yib yuborishga qaror qildi.
Aleksandr 2022 yildan beri London jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Bungacha u Angliyaning yana bir top klubi "Manchester Siti"da o'ynagan.