"Botafogo" yarim himoyachisi Tyago Almada "Zenit"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Zenit" "Botafogo"ga 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi uchun 35 million evro taklif qilgan. Almada o'tgan yil oxiridan beri Argentina terma jamoasining asosiy tarkibida o'ynamoqda.

Shu bilan birga, turli manbalar ta'kidlashicha, "Zenit" Almada uchun Portugaliyaning "Benfika" klubi bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi. "Benfika" bu yarim himoyachining transferi uchun 40 million evro ajratishga tayyor.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Almada "Lion"da ijara asosida o'tkazdi. U 21 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 5 ta gol uzatmasini berdi.