Zalevski «Atalanta»ga qanchaga tushadi?

“Inter” yarim himoyachisi Nikola Zalevski yaqin orada “Atalanta” bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, klublar Polsha terma jamoasi futbolchisining transfer shartlari bo'yicha kelishib olgan.
«Atalanta» «neradzurrilar»ga 17 million evro to'laydi.