"Bornmut"ning ukrainalik himoyachisi Ilya Zabarniy ilk bor unga Frantsiyaning "PSJ" klubi qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Futbolchi insayder Fabritsio Romanoning Parij klubi tez orada bu transferni amalga oshganini e'lon qilishi haqidagi postga layk bosdi.

"PSJ" Zabarniy bo'yicha kelishuvni yopmoqda. Tez orada Zabarniy klubga yangi markaziy himoyachi sifatida qo'shilgani haqida rasman e'lon qilinadi," - deb yozadi Romano.

22 yoshli ukrainalikning bozor narxi 42 mln evroni tashkil etadi, biroq parijliklar uning uchun 60 mln evrodan ko'proq - taxminan 68 million evro to'lashadi.