"Yuventus" yarim himoyachisi "Atletiko"ga taklif qilindi

"Yuventus" xavbeki Ueston Makkenni Madridning "Atletiko" klubiga o'tishi mumkin.
"Keksa sinora" amerikalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarda qiyinchiliklarga duch keldi, shu sababli uning ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar yana dolzarb bo'lib qoldi. La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra 26 yoshli futbolchining xizmatlari "Atletiko"ga taklif qilingan. "Matraschilar" "Inter Mayami"ga o'tishga yaqin turgan Rodrigo de Paul o'rniga yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.
Ueston Makkenni va "Yuventus" o'rtasidagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portalida futbolchining baholangan narxi - 22 mln evro.