"Yuventus" vingerni sotuvga qo'ydi, ammo taklif yo'q

"Yuventus"da vinger Nikolas Gonsales bo'yicha takliflar kutilmoqda. Turin klubi tarkibida debyut mavsumini yaxshi o'tkazmagan argentinalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, ayni damda hech kim "Yuventus"ga ham, futbolchining o'ziga ham rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Nikolas Gonsales Milanning "Inter" klubiga o'tishi mumkinligi aytilgandi, ammo mish-mishlar o'z tasdig'ini topmadi. Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining narxini 24 mln evroga baholamoqda, uning shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.