"Yuventus" Veani "Marsel"ga ijaraga beradi

Timoti Vea "Marsel" futbolchisiga aylanadi.
Avvalroq, "Yuventus" yarimhimoyachisi 12-15 mln evroga sotib olish sharti bilan ijara asosida Frantsiya klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, keyin turinliklar rad javobini berishdi, chunki ularni "Marsel"ning taklifi qoniqtirmadi, chunki sotib olish majburiyatiga erishish qiyin edi.
Endi esa, insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, klublar og'zaki kelishuvga erishgan.
Kelishuvga 1 mln evro miqdoridagi ijara to'lovi, 14 mln evro evaziga futbolchini sotib olish majburiyati, qo'shimcha bonuslar va tovon puli to'g'risidagi band kiradi.
Qayd etilishicha, Vea faqat "Marsel"ga o'tishni istagan va kelishuvlarga erishilishini kutgan.
A Seriyaning o'tgan mavsumida amerikalik "Yuventus" safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.