"Yuventus" Veaga o'rinbosar tanladi

Timoti Vea "Yuventus"ni tark etishga yaqin turibdi, uning o'rniga yangi futbolchi esa allaqachon topib qo'yilgan.
Agar kutilmagan holat yuz bermasa, 25 yoshli amerikalik "Marsel"ga o'tadi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, uning o'rniga ustuvor nomzod sifatida Madridning "Atletiko" klubidan Nauel Molina tanlangan. "Keksa sinora"ning argentinalik futbolchiga qiziqayotgani bir necha kun oldin ma'lum bo'lgandi.
Nauel Molinaning Transfermarkt saytidagi narxi - 20 mln evro. 27 yoshli lateralning "matraschilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda jahon chempioni Diego Simeone jamoasi safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta samarali pas muallifi bo'ldi.