"Yuventus" va "Barselona" o'rtasidagi farq nimada? Shesni javob berdi

"Barselona" darvozaboni Voytsex Shesni hozirgi jamoasi o'ynayotgan futbolga qoyil qolishdan charchamayapti.
Yaqinda polshalik "ko'k-anorranglilar" bilan 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan yangi mehnat shartnomasini imzoladi.
"Yuventus"da to'pni qabul qilib olayotganimda, mendan besh metr narida turgan himoyachimiz menga orqa o'girardi - ya'ni to'p uzatishimni istamasdi. Bu erda, "Barselona"da hamma to'pni olishni istaydi. Pedri ettita raqib qurshovida turibdi, ammo baribir to'p so'rayapti," - deya 35 yoshli darvozabonning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o'tamiz, Voytsex Shesni 2017-2024 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan.