"Yuventus" ustozi Vlaxovichning kelajagi haqida fikr bildirdi

"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor Dushan Vlaxovich bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
Turinliklar 25 yoshli serbiyalik futbolchi bilan kelasi yili erkin agent sifatida ketmasligi uchun joriy transferlar davrida xayrlashmoqchi. Potentsial xaridorlarning hech biri hozircha hujumchi va "keksa sinora"ning talablarini qondira olmadi.
"Vlaxovichning kelajagi? Transfer masalalarini muhokama qilishni yoqtirmayman, ammo Dushan hamon "Yuventus"ga tegishli. Menga uning o'yini yoqdi," - dedi Tudor "Atalanta" bilan o'rtoqlik uchrashuvidan keyin bergan intervyusida.
"Byankonerilar" bergamoliklarni 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Dushan Vlahovich o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.