"Yuventus" taklif qilayotgan shartlar "PSJ" uchun etarli bo'lmayapti

Turinning "Yuventus" klubi "PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muanini qo'lga kiritish bo'yicha harakatlarni davom ettirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, turinliklar "PSJ"ga 35 million evroga majburiy sotib olish sharti bilan 10 million evrolik ijara taklifini bergan. Ammo bu Parij grandiga ma'qul kelmagan.
"PSJ" futbolchi uchun yaxshiroq taklifni kutishga qaror qildi. Hozirda frantsuz parijliklar umumiy guruhidan alohida mashg'ulot olib bormoqda.