"Yuventus" "Sporting" sardoriga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi

"Yuventus" Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Morten Yulmanni sotib olish ustida ishlamoqda.
"Keksa sinora" rahbariyati daniyalikka yiliga 3 million evro maosh bilan besh yillik shartnoma taklif qilishga tayyor, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira. "Sporting" sardor bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti va 26 yoshli xavbek transferi uchun juda katta pul so'ramoqda, ammo "Yuventus" umidlarini yo'qotmayapti va boshlanishiga futbolchining o'zini ishontirishga harakat qilmoqda.
Morten Yulmanning Transfermarkt saytidagi baholangan narxi - 50 mln evro. Futbolchi 2023 yilning yozidan beri "Sporting" sharafini himoya qilmoqda - o'shanda u Italiyaning "Lechche" klubidan "sherlar" safiga o'tgan edi.