"Yuventus" Saudiya Arabistoni klubi sardoriga qiziqmoqda

"Atalanta" va "Milan" klublarining sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Al-Ahli"da o'ynayotgan Frank Kessening yangi klubi "Yuventus" bo'lishi mumkin, chunki u A Seriyaga qaytishni maqsad qilgan.
Kesse 2023 yilning avgustida 12,5 million evro evaziga "Barselona"dan "Al-Ahli"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi, bu esa Kesseni boshqa klublar uchun hamyonbop variantga aylantiradi. CalcioMercato xabariga ko'ra, "Yuventus" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va shu yozdayoq taklif bilan chiqishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Frank Kesse 2024/25 yilgi mavsumda "Al-Ahli" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.