"Yuventus" Jeydon Sancho transferini amalga oshirishga shoshilmayapti.

Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, angliyalik vingerning "MYu"ga o'tishi bo'yicha muzokaralar kutilmoqda.

"Yuventus" Fransishku Konseysau transferiga katta sarmoya kiritganidan so'ng, avvaliga qanot futbolchilari - Nikolas Gonsales, Samuel Mbangula, Timoti Veaning sotilishini kutmoqchi.

"Marsel" Vea bilan kelishuvga erishdi, ammo hali "Yuventus"ga rasmiy taklif yubormadi. Amerikalik futbolchiga APLning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Turinliklar rahbariyati uning uchun 20-22 million evro ishlab olmoqchi.