"Yuventus" "Portu" xohlayotgan 30 million evroni to'lashga tayyor

"Yuventus" "Portu"dan ijaraga olingan vinger Fransishku Konseysauni sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, turinliklar futbolchi uchun 30 million evro taklif qilgan. Taklif tovon puli miqdoriga mos keladi, ammo italiyaliklar pulni bo'lib-bo'lib to'lamoqchi.
22 yoshli Konseysau o'tgan mavsum "Yuventus" safida ijara asosida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.