"Yuventus" "Portu"ga ikkinchi taklifni yuboradi

Turinning "Yuventus" klubi "Portu" vingeri Fransishku Konseysauni to'liq sotib olish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Nikolo Skira xabariga ko'ra, "byankonerilar" futbolchi uchun dastlabki 22 million evrolik taklif rad etilganidan so'ng o'z taklifini 24 million evrogacha oshirishga qaror qildi.
Konseysau o'tgan mavsumni "Yuventus"da ijara asosida o'tkazdi. Uning hisobida 40 ta o'yin, 7 ta gol va 6 ta assist mavjud.