"Napoli" "Yuventus" yarim himoyachisi Fabio Mirettini o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytmayapti.

"Keksa sinora" rahbariyati agar 21 yoshli futbolchi uchun 20 mln evro taklif qilishsa, u bilan xayrlashishga tayyor, deb xabar bermoqda jurnalist Janmarko Jordano. "Napoli" xavbekni 12-13 mln evroga baholamoqda va bundan ko'prog'ini taklif qilishni rejalashtirmayapti. Klublar kelishuvdan yiroq, ammo muhokamalar to'xtamayapti - vaziyat o'zgarishi mumkin.

Fabio Miretti o'tgan mavsumni "Jenoa"da ijara asosida o'tkazdi va A Seriyaning 25 ta uchrashuvida 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali mutaxassislari italiyalik futbolchining narxini 14 mln evroga baholamoqda.