"Yuventus" mashg'ulotlarga kelmagan braziliyalik futbolchisini jarimaga tortdi

"Yuventus" Duglas Luisni jazolashga qaror qildi.
Mashg'ulotlar qayta boshlangan kuni braziliyalik yarim himoyachi yig'inda ishtirok etmadi. U sababini tushuntirmasdan mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi va hali ham qarorgohga etib kelmadi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, xavbek 40 mingdan 120 ming evrogacha, ya'ni hisoblangan oylik maoshining 5 foizidan 15 foizigacha jarima to'lashi kerak bo'ladi. Summa o'tkazib yuborilgan kunlar soniga bog'liq bo'ladi. Futbolchi "byankonerilar" safiga yangi hafta boshida etib borishini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, Luis Angliyaga qaytishni istamoqda va "Yuventus" unga munosib taklif tushsa, qo'yib yuborishga tayyor. Majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish ham mumkin.
Duglasga asosiy da'vogar sifatida "Everton", "Vest Xem", va "Nottingem Forest" tilga olinmoqda.