"Yuventus" "Manchester Yunayted"ga Sancho borasida taklif yubordi

"Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublari vinger Jeydon Sancho bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq, turinliklar "Portu" vakili angliyalik Fransishku Konseysau variantini ma'qul ko'rgani xabar qilingandi, biroq har ikki futbolchi ham o'z safiga qo'shib olinishi ehtimoli yo'q emas. Insayder Janluka di Martsioning ma'lum qilishicha, agar klub yana ikki vinger bilan xayrlashsa, bu amalga oshishi mumkin. "Yuventus" allaqachon Sancho bo'yicha taklif bilan chiqqan - 10 mln evro va bonuslar ko'rinishida 5 mln evro. Muhokamalar davom etmoqda.
Jeydon Sancho "Chelsi"da ijara asosida o'tkazgan mavsumidan so'ng "Manchester Yunayted"ga qaytdi. "Qizil iblislar" 25 yoshli futbolchiga ishonmayapti va uni sotishga umid qilmoqda.