Turinning "Yuventus" klubiga tegishli bo'lgan braziliyalik xavbek Duglas Luis Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Jurnalistlar ma'lumotiga ko'ra, 27 yoshli yarim himoyachining transferiga "Everton" qiziqish bildirmoqda. Potentsial bitim summasi 46 million evroga baholanmoqda. Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi "keksa sinora" safiga o'tguniga qadar Birmingemning "Aston Villa" klubi sharafini himoya qilgan.

O'tgan mavsumda Duglas "Yuventus" safida 27 ta o'yin o'tkazgan. Luis va Turin klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.