"Yuventus" "PSJ"ga Randal Kolo-Muani transferi bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi.

Ayni paytda hujumchi bo'yicha kelishuv hali to'liq kelishilmagan, deb xabar beradi Sportmediaset.

Shu munosabat bilan turinliklar bosh direktori Damen Komolli jarayonni tezlashtirishga qaror qildi. "Yuve" parijliklarga futbolchini bir yildan keyin 40 mln evroga majburiy sotib olish sharti bilan qayta ijaraga olishni taklif qildi.

"PSJ" bu taklifni jiddiy ko'rib chiqishi mumkinligi aytilmoqda.

Kolo-Muani yanvar oyidan beri "Yuventus"da ijara asosida o'ynamoqda. Frantsiyalik futbolchi A Seriyaning 16 o'yinida 8 gol va 1 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.